Zaiflik haqida xabar berish

BilgimEdu xavfsizligi biz uchun muhim. Platformada zaiflik topsangiz, iltimos, avval bizga xabar bering — tezda tekshirib, tuzatamiz va sizga javob beramiz.

Qanday xabar beriladi

  • Xatni security@bilgim.uz manziliga yuboring.
  • Zaiflik qayerda (manzil, so'rov), qanday takrorlanadi (qadamlar), qanday ta'sir qiladi — qisqa va aniq yozing. Skrinshot yoki video bo'lsa, ilova qiling.
  • Xabarda sir, parol yoki boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini yubormang — kerak bo'lsa, o'zimiz so'raymiz.

Biz nima qilamiz

  • 3 ish kuni ichida xatingiz olinganini tasdiqlaymiz.
  • Tekshirib, xavf darajasini va taxminiy tuzatish muddatini aytamiz.
  • Tuzatilgach sizga xabar beramiz. Xohlasangiz, ismingizni minnatdorchilik ro'yxatiga qo'shamiz.

Qamrov

  • Qamrovda: bilgim.uz, id.bilgim.uz, maktab subdomenlari (*.bilgim.uz) va ularning API'si.
  • Qamrovda emas: uchinchi tomon xizmatlari (Click, Payme, Google, Cloudflare, Resend) — ularga o'zlarining dasturlari orqali yozing.

Sinov qoidalari

  • Faqat o'zingiz yaratgan akkaunt va maktab ustida sinang. Boshqa foydalanuvchilarning ma'lumotlarini ko'rmang, o'zgartirmang va saqlamang — tasodifan ko'rib qolsangiz, sinovni to'xtatib, bizga yozing.
  • Xizmatni ishdan chiqaradigan sinovlar (DoS, ko'p so'rov yuborish, spam) taqiqlangan.
  • Ijtimoiy muhandislik, fishing va jismoniy hujumlar taqiqlangan.
  • Zaiflik tuzatilmaguncha uni oshkor qilmang; oshkor qilish muddatini birga kelishamiz.
  • Pul yechish, to'lov va boshqa foydalanuvchilar hisobini o'zgartiradigan amallarni haqiqiy pul bilan sinamang.

Halol tadqiqotchilar uchun kafolat

Shu qoidalarga amal qilib, vijdonan sinov o'tkazgan tadqiqotchiga nisbatan huquqiy choralar ko'rmaymiz. Hozircha pul mukofoti dasturi (bug bounty) yo'q.

Mashina o'qiydigan shakl: https://bilgim.uz/.well-known/security.txt